✅ Talabalar va ularning ota-onalari iltimoslariga binoan, talabalarga yengillik yaratish maqsadida, ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun shartnoma to‘lovining 75 foizini to‘lashning so‘nggi muddati 2024-yilning 15-aprel kuniga qadar uzaytirilgan edi.
❗️Kontrakt to'lovlarini amalga oshirganlikni tasdiqlovchi cheklarni 26-aprel kuni soat 16:00 ga qadar buxgalteriya bo'limiga taqdim etishingiz so'raladi.
Kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega.
Tegishli muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganlar talabalar safidan chetlashtiriladi!