Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 14-fevraldagi 16-son buyrug‘iga asosan Ilm-fan va innovatsiyalar kengashi tashkil etildi. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida o‘tkazilgan tanlovlar natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalarni (fundamental, amaliy, innovatsion, shu jumladan maqsadli va yosh olimlar ilmiy loyihalarini), shuningdek tanlovlar natijalariga ko‘ra shakllantirilgan startap, tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirish loyihalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining asosiy vazifalaridan biridir.
👉O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining 1-chi yig‘ilishi KUN TARTIBI
1️⃣ Loyihalar tanlovlari natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya etilgan amaliy va innovatsion loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash (Kengash muhokamasiga “Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitini muhofaza qilish fanlari”, “Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar”, “Texnika fanlari”, “Matematika, fizika va mexanika fanlari” yo‘nalishlari bo‘yicha ITKlar tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan 6 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyiha kiritildi).
2️⃣ Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilishi tasdiqlangan loyihaning ijrochi tashkilotini o‘zgartirish
3️⃣ Ilm-fan va innovatsiyalar kengashida ko‘rib chiqishga tayyor ilmiy loyihalar to‘g‘risida axborot
👉 https://youtube.com/live/rBrLMZjbBSA?feature=share