Yangilik 12.10.2021 100

Ilmiy-texnik axborot markazi hamda “BelISA” Belarusiya Davlat tashkiloti bilan hamkorlikda onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi

13-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda “BelISA” Belarusiya Davlat tashkiloti bilan hamkorlikda Ilmiy-texnik sohani tizimli tahlil qilish va axborot bilan taʼminlash yoʻnalishlari boʻyicha onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida “BelISA” GU Direktor V.M.Grishuk  hamda markaz direktori  A.A.Abduvaliyev davlat ilmiy-texnik axborot tizimini muvofiqlashtirish yoʻllari, ilmiy-texnik hujjatlar va maʼlumotlarni almashish, shuningdek, 
milliy ilmiy-texnik axborot tizimlarini ishlab chiqish, eng yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali axborot resurslariga yuqori tezlikda kirish mexanizmlarini yaratish va qoʻllash masalalarini muhokama qilishdi.

Muhokamalar soʻngida tomonlar Belarusiya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida doʻstona ilmiy-texnik aloqalarni rivojlantirish va ularning  samaradorligini oshirishda oʻzaro manfaatdorlikni hisobga olgan holda, fan, texnika va innovatsiyalarni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik  memorandumini imzolash boʻyicha kelishib olishdi.