Yangilik 25.11.2021 346

O‘zbekiston ilmiy salohiyatiga oid barcha maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan “Milliy ilmiy portal” taqdimoti o‘tkazildi

“InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida joriy yilning 26 noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan O‘zbekistonda ilk bora ishlab chiqilgan mamlakatning ilmiy salohiyatiga oid barcha maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan “Milliy ilmiy portal” hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining yangilangan rasmiy veb-sayti taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan O‘zbekistonda ilk bora mamlakatning ilmiy salohiyatiga oid barcha maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan “Milliy ilmiy portal” taqdimoti, hamda hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan loyihalar tanlovlarini taqdirlash bo‘lib o‘tdi. Ilmiy salohiyatiga oid barcha maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan “Milliy ilmiy portal” O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan bo‘lib, Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari shuningdek, keng jamoatchilik vakillarini ilm-fan sohasiga birlashtirish maqsadida O‘zbekistonda ilk bora ilm-fan va innovatsiya sohasiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Milliy ilmiy portali ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 2-ilovasi 38-bandida “Mamlakatning ilmiy salohiyatiga oid barcha maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan Milliy ilmiy portal”ni yaratish topshirig‘i belgilangan. Mazkur topshiriqning ijrosi yuzasidan Markazi tomonidan Milliy ilmiy portal http://nsp.gov.uz/ domeni ostida ishga tushirildi.

Milliy ilmiy portalda loyihalar tanlovi, olimlar uchun modul (doktorantura, noshirlik faoliyati, ilmiy stajirovkalar, xalqaro grantlar dasturlar), dayjest va tahliliy maʼlumotnomalar, 450 ga yaqin mahalliy va xorijiy konferensiyalar, 15ga yaqin xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan memorandumlar, 3000 dan ortiq Milliy ilmiy-texnik axborot resurslari modulida dissertatsiyalar reyestri, 174 ga yaqin Intellektual mulk obyekti byulletenlari bazasi, shuningdek, Ilmiy ishlanmalar va innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish modulida 143 ta natijador loyihalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bazasini o‘z ichiga oladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining yangilangan rasmiy veb-sayti hozirgi kunning zamonaviy texnologiyalar hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, yangicha yondashuv asosida qayta yo‘lga qo‘yildi. Vazirlik rasmiy veb-saytini qayta modernizatsiya qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatiga oid maʼlumotlar, vazirlik faoliyati davomida yuz berayotgan yangiliklar, hamda keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan olim va tadqiqotchilar uchun tashkil etiladigan tanlovlar bo‘yicha axborotlarni sodda va foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqildi. Shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan yangi veb-saytda Vazirlik tomonidan aholiga va keng jamoatchilikka ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar bitta bo‘limda jamlandi. Vazirik veb-saytining yangilangan ko‘rinishi 24 soat ichida ishga tushadi.