Yangilik 09.12.2021 228

SFUVET: professional ta’limda zamonaviy qarashlar

Shveysariya Federal kasbiy ta’lim va ta’lim universiteti SFUVET (Swiss federal university for vocational education and training) professori Emanuel Vyutrich tomonidan Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari hamda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professor-о‘qituvchilari uchun “Vaziyatga asoslangan didaktika” va “Hayotdan didaktik vaziyatlarga” mavzularida an’anaviy hamda onlayn tarzda malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mutaxassis kurslar davomida ta’lim berishda didaktikaning rolini yanada oshirishning zamonaviy qarashlari, dolzarb muammolari va yechimlariga tо‘xtalib о‘tildi. Ushbu masalalar Shveysariya professional ta’limi tizimida qanday yondashuvlar asosida о‘z yechimini topayotganligi haqida batafsil fikr almashildi hamda munozara va dialoglar asosida ochib berildi.

Bunday yechimlar professional ta’lim tizimida “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz qayta tayyorlash va malaka oshirishning turli shakllarini samarali qo‘llash, innovatsion texnologiyalar asosida har bir tinglovchiga individual yondashish, kadrlarning ta’lim ehtiyojlarini qondirish kabi yo‘nalishlarda ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalarini amalda keng qo‘llashning yangi imkoniyatlarini yaratadi.

 

Manba: https://edu.uz/uz/pages/axb