Yangilik 16.11.2021 114

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida inkubatsiya markazi ishga tushirildi

IT Park hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida yangi inkubatsiya markazi ochildi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, IT Parkning hududiy boʻlimi rahbar va xodimlari qatnashdi.

Mazkur inkubatsiya markazini tashkil etishdan  asosiy maqsad, yoshlarning Innovatsion loyihalari va startaplarini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat.  Muntazam ravishda mahorat dars, xakaton, ideaton va boshqa startap tanlovlarini oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetakchi IT mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan mentorlardan javob olishlari mumkin.

Har bir oliy oʻquv yurtidagi inkubatsiya markazlari simsiz internetdan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega boʻlib, yosh avlod vakillarining yangi loyihalarini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha zarur jihozlar va uzluksiz elektr taʼminoti bilan taʼminlangan.

 

Manba: https://mitc.uz/uz/news/3387