Yangilik 23.12.2021 166

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim qabul kvotalaridan ortgan o'rinlar qayta taqsimlandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlarining samaradorlik ko'rsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan o'rinlar qayta taqsimot qilindi. 

O'rnatilgan tartibga ko'ra, ortgan kvotalarning qayta taqsimoti tizimida ilmiy va ta'lim tashkilotlari mavjud vazirlik, idora hamda tashkilotlar tomonidan ilmiy darajali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlariga, ustuvor yo'nalishlar va boshqa turli masalalar hisobga olingan holda kelib tushgan murojaatlarga asosan taqsimlanib, Innovatsion rivojlanish vazirligining joriy yil 21 dekabrdagi 57-sonli Hay'at yig'ilishida tasdiqlandi. 

Tasdiqlangan qabul kvotalari (ixtisosliklar kesimida) o'rnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarga yuborilgandan so'ng, tegishli ta'lim muassasalardan ma'lumot olishingiz mumkin.

Ilova


Manba: https://mininnovation.uz/news/post-58