Yangilik 11.01.2022 317

Marhamat tumanidagi ishsiz yoshlar Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida ish bilan taʼminlanadi

Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora tadbirlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 33-sonli yig‘ilish bayonining tegishli bandlariga asosan Marhamat innovatsion tumanida aholi turmush tarzini yaxshilash, ayniqsa ishsiz yoshlarni ish bilan bandligini taʼminlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon mashinasozlik instituti olimlari bilan hamkorlikda penoblok va polistrablok tayyorlash qurilmasini yaratish loyihasini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 400 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirda mazkur qurilmalarni tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Hozirda belgilangan ish hajmlari 90 foizga bajarilgan bo‘lib, olimlar tomonidan yaratilgan 9 dona penoblok va polistrablok tayyorlash qurilmasi, 10 dona kompressor qurilmasi hamda zaruriy qolip va boshqa anjomlar Andijon tajriba ko‘rgazma maydoni hududiga olib kelindi.

Yaqin kunlar ichida ushbu qurilmalarni vazirlik va viloyat hokimligi shuningdek tuman hokimligi mutasaddi rahbarlarini bilan birgalikda tumandagi ishsiz, temir daftarda turuvchi yoshlarga tarqatish ishlari amalga oshiriladi. Buning natijasida tumandagi 50 ga yaqin ishsiz yoshlar doimiy ish bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, ushbu jarayonlarni va markaz faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish uchun OAV vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.


Manba: https://mininnovation.uz/news/post-248