Olimlar: Yekaterina Lyan, Rustam Nizomov, Shermuhammad Aminov va Jamil Toʻrayevlarning oʻn yillik mehnati natijasida ushbu nav yaratildi. Yangi pomidor turiga “Universal” nomi berildi.
Yangi nav oʻrtapishar boʻlib, oʻsish davri 120–122 kunni tashkil etadi. Asosiy poyasining uzunligi issiqxonada 2–2,5 metr, ochiq maydonda 1,5–1,8 metrgacha yetadi. Shoxlanishi va barglanishi esa oʻrtacha. Bargi oddiy, toʻq yashil, oʻrtacha burmali boʻladi.
Tarkibida quruq modda miqdori 4,8 foiz, umumiy qand 4,2 foiz, askorbin kislotasi 24,2 foiz. Hosildorligi: issiqxonada 15–18 kilogramm, ochiq maydonda 38–42 ta ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich boshqa navlardan 15-20 foizga yuqori degani.
Pomidorning “Universal” navini respublikada keng joriy etish, birlamchi urugʻchiligini oʻrnatilgan tartibda tashkil etish uchun nav xujjatlar rasmiylashtirilgan. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga Davlat reyestiriga kiritish uchun va Intellektual mulk agentligiga patentlash uchun taqdim etildi.