Yangilik 11.05.2023 61

PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI TA’LIM DASTURLARI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Kasb va mutaxassislarning ta’lim dasturlarini ish beruvchilar talablari, kasbiy standartlar va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish maqsadida joriy yilning 25 aprelidan 5 mayiga qadar Pedagogik innovatsiyalar institutida seminar-treninglar tashkil qilinmoqda.


Ta’lim dasturlarini takomillashtirishda asosiy e’tibor ichki va tashqi mehnat bozoridagi mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar, o‘quvchilarda kompetensiyalarini shakllantirish, chet tillarini o‘qitishni rivojlantirishga qaratilmoqda. Shu bilan birga joriy yildan boshlab 30 ta kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlariga “yashil iqtisodiyot” ko‘nikmalari kiritilib tajriba sinovda o‘tkaziladi.


Ta’lim dasturlarini takomillashtirishda Yevropa ittifoqi, Germaniya, Shveysariya davlatlari, YUNESKO, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlik qilinadi.

Professional ta’lim tizimi ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha taklif va mulohazalar t.me/dastureduuz2021ga yuborilishi mumkin.