Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida Belgiya Ta’lim Kengashi direktori Oksana Pozdnyakova tomonidan “Innovatsiyalar va bilimlarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim muassasalarda tadbirkorlik ekotizimini yaratish” mavzusida seminar va davra suhbatlari tashkil etiladi.
Seminar ishtirokchilari Yevropada ta’lim tizimi va innovatsiyalar uzviy integratsiyasi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishadi.
Tadbirda ta’lim, fan va innovatsiya vakillari (rektor, prorektor, olimlar va boshqalar) ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil ushbu havolada.