Yangilik 04.10.2023 423

✅ Joriy yilning 4- oktabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.Abduvaliyev  “Innoweek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida yuqori natijadorlikka erishish va tadbirning xalqaro ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Malayziyaga rasmiy safarda boʻlib turibdi.

Joriy yilning 4- oktabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.Abduvaliyev  “Innoweek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida yuqori natijadorlikka erishish va tadbirning xalqaro ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Malayziyaga rasmiy safarda boʻlib turibdi.

Safar davomida Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixona masʼullari hamkorligida mamlakatning Fan, texnologiyalar va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari janob Datuk Artur Joseph Kurup bilan uchrashuvi amalga oshirildi.

Uchrashuvda janob Datuk Artur Joseph Kurup boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi “Innoweek-2023” da ishtiroki uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y.Abdurahmonovning rasmiy taklif maktubi topshirildi. Shuningdek, suhbat davomida delegatsiyaning Oʻzbekistonga rejalashtirilgan tashrifining tashkiliy masalalari muhokama qilindi.