Yangilik 20.10.2023 90

✅ “Ilmmetriya-O‘zbekiston Respublikasi miqyosida” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Bugun, 20-oktabr kuni “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Bank-moliya akademiyasi, hamda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi  hamkorligida “Ilmmetriya-O‘zbekiston Respublikasi miqyosida” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.



Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Seminar davomida Web of Science, Springer, Scopus kabi xalqaro hamda SLIB.UZ – milliy ilmiy elektron ma’lumotlar bazasidan qanday foydalanish haqida keng va yangi ma’lumotlar taqdim etildi. Mavzu yuzasidan ma’ruza qilgan Ilmmetriyani rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshlig‘i Diana Abdumuminova iqtiboslar indeksi, ilmiy jurnalning iqtiboslar indeksi, impakt-faktor, Hirsh indeksi va jurnallarning kvartillarga ajratilish ko‘rsatkichlarining mohiyati ochib berdi.


Shuningdek, ishtirokchilar seminar-trening davomida mualliflar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar matnini tahrirlash, ingliz tilidagi yozma matnni takomillashtirish, imlo va grammatik xatolarni bartaraf etish, belgilangan texnik talablarga moslashtirishga ko‘mak beruvchi bazalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. 

Seminar so‘ngida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha atroflicha ma’lumot oldilar.