Yangilik 11.07.2024 15

DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) bakalavr bosqichini tugatgan yoki uning soʻnggi bosqichida oʻqiyotgan barcha talabalarga 2025-2026-yillarda Germaniya universitetlarining magistratura bosqichida oʻqishni davom ettirish uchun moʻljallangan “Study Scholarships — Master Studies for All Academic Disciplines” grant dasturini taqdim etadi.

Dastur tanlangan kurs davomiyligiga qarab 10 oydan 2 yilgacha davom etadi. Dasturga qabul qilinganlar Germaniyada bepul oʻqish bilan birga, oylik stipendiya va turar joy bilan ham taʼminlanadilar

Dastur doirasida musiqa, amaliy sanʼat/kino/dizaynerlikarxitekturaktyorlik yoʻnalishidan boshqa (chunki bu yoʻnalishlar uchun alohida DAAD grantlari mavjud) barcha yoʻnalishlar doirasida ariza berish mumkin.

Dasturga qabul har yili 31-oktabrga qadar davom etadi.

Dastur boʻyicha umumiy maʼlumotlarni bu yerda oʻqish mumkin.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

Maqbullik shartlari

  • Bakalavr bosqichini tugatgan boʻlishi yoki dastur boshlangunga qadar (2025) tugatishi kerak, shu bilan birga, bakalavriatni tugatganiga 6 yildan oshmagan boʻlishi lozim; (maxsus yoʻriqnomada batafsil oʻqish mumkin).
  • Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);
  • Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan boʻlmasligi;
  • Tanlangan dastur Germaniyadan tashqarida oʻqishni oʻz ichiga olganda faqatgina quyidagi holatlarda u moliyalashtirilishi mumkin:
    • Oʻqish tashrifi stipendiya maqsadiga erishish uchun zarur boʻlishi;
    • Tashrif stipendiat mamlakatida boʻlmasligi;
    • Tashrif oʻqish davrining toʻrtdan biridan oshmasligi kerak;
    • Uzoq muddatli tashriflar qisman ham qoplanmaydi.

Til boʻyicha talablar:

Nomzodlar dastur boshlanguniga qadar tanlangan universitet talablariga mos keladigan taʼlim tilini bilishi kerak. Agar ariza topshirish paytida universitet tomonidan talab qilinadigan til koʻnikmalariga hali ega boʻlmasa, qoʻshimcha til kurslari ham moliyalashtirilishi mumkin.

Dastur talablari bilan bu yerda tanishish mumkin (eslatma: talablar oynada aks etishi uchun nomzodning tugʻilgan vatani va topshirmoqchi boʻlgan akademik darajasi tanlanishi kerak. Shundan keyingina muayyan talablar ekranga chiqadi).

Foydali tomonlari

  • Oylik €934 stipendiya;
  • Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari;
  • Oʻqish boshlagan paytda bir martalik toʻlov (€460);
  • Sogʻliqni saqlash, baxtsiz hodisalar va shaxsiy javobgarlikni sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar qoplanadi.

Baʼzi hollarda, stipendiya egalari quyidagi qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻlishlari mumkin:

  • Oylik ijara subsidiyasi;
  • Oila aʼzolari uchun qoʻshimcha stipendiya;
  • Nogironlik yoki surunkali kasallik holatida: nogironlik yoki surunkali kasallik natijasidan kelib chiqadigan va boshqa moliyalashtiruvchilar tomonidan qoplanmagan qoʻshimcha xarajatlar uchun subsidiya. Toʻliq maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

DAAD stipendiya egalariga mamlakatda boʻlishlariga tayyorgarlik koʻrishda nemis tilini oʻrganishlari uchun quyidagi qoʻshimcha xizmatlarni taklif qiladi.

  • Grant mukofoti xati olgandan keyin onlayn til kursi uchun kurs toʻlovlari toʻlanishi;
  • Agar kerak boʻlsa: Germaniyada oʻqish tashrifi boshlanishidan oldin nemis tili kursi bilan taʼminlash (2, 4 yoki 6 oy);
  • TestDaF yoki DSH testlari uchun toʻlovlarni qoplab berish.