Yangilik 02.08.2024 16

"Pivot-RP" platformasi bo'yicha seminar-trening tashkil etildi

✅Joriy yilning 2-avgust kuni  Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon bankining "O'zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhi hamda Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti xodimlari ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasida "Pivot-RP" platformasi  bo'yicha seminar-trening tashkil etildi. 


Unda ilmiy-tadqiqot institutlar hamda oliy ta'lim muassalari professor-o'qituvchilari, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida Markaz xodimlari tomonidan "Pivot-RP" Xalqaro ilmiy grantlar platformasi imkoniyatlari bo'yicha ma'ruza qilishdi.

Tadqimot davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.