Yangilik 01.08.2024 3

Joriy yilning 31-iyul sanasida Chexiya texnika universitetining “Axborot texnologiyalari” fakulteti mas’ullari va universitetimizning Kompyuter injiniringi fakulteti dekani Temurbek Kuchkorov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida PhD dasturlari doirasida tadqiqotchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar va tadqiqot ishlarini olib borish, talabalar almashinuvi, kredit mobillilik dasturlarida qatnashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Tashrif davomida fakultetning “Intellektual o‘rnatilgan tizimlar” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi. Uchrashuv so‘ngida universitetlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

🗒 Ma’lumot uchun, Chexiya texnika universiteti dunyoning QS TOP universitetlari ro‘yxatida 420-o‘rin, “Kompyuter ilmlari” yo‘nalishida esa 201-250-o‘rindan joy olgan.