Yangilik 17.07.2024 13

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva birgalikdagi sa’y-harakatlar oliy ta’lim va ilm-fan sohasida yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga olib kelishiga ishonch bildirdi.

Forumda ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar

Ma’ruzalarda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish masalasi oʻrtaga tashlanarkan, mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashda universitetlarning o‘zaro aloqalarini yanada kengaytirish lozimligi qayd etildi. Bunda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim sifatini oshirish, muntazam o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, akademik mobillik, qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlar hamda loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.