Yangilik 14.08.2024 35

Bakalavriat, magistratura talabalari va oʻqishni bitirganlar uchun Yaponiyada toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Instituti (OIST) tadqiqot-amaliyot dasturi STEM yoʻnalishida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalariga OISTda ilmiy amaliyotchi sifatida ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda, shuningdek, yaqinda oʻqishni tamomlaganlar ham qatnashishi mumkin.

Ushbu amaliyot odatda 3 oydan 6 oygacha davom etadi. Shu vaqt davomida amaliyotchi talabalar jihozlangan laboratoriyalarda tajriba oʻtkazish imkoniyati bilan birga muayyan texnik saboqlarga ham ega boʻladilar. Amaliyotchilar oʻzlariga tayinlangan Professorlar rahbarligida ishlaydi va OIST tadqiqot faoliyatiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Dasturga yilda 2 marta ariza topshirish mumkin. Ayni рaytda 2025-yil bahоrida bоshlanadigan amaliyоt uchun hujjatlar qabul qilinmоqda. Ariza tорshirishning оxirgi sanasi — 2024-yil 15-оktyabr sоat 19:59 gacha.

Dasturda asosan kuchli bilim va salohiyatga ega boʻlgan, oʻz sohasining yetakchi talabalari ishtirok etishi mumkin. Dasturda ishtirok etish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dastur davomida amaliyotchilarga bir ish kuniga 2,400 yen (~$15) miqdorida haq toʻlanadi. Bundan tashqari, amaliyotchilarning transport va turarjoy xarajatlari ham qoplab beriladi.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda bakalavr yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan yoki uni tamomlagan talabalar ishtirok etishi mumkin. Bunda bakalavriat talabalari kamida 2-bosqichni yakunlagan boʻlishi lozim;
  • Akademik jihatdan faol boʻlishi va hozirda oʻqiyotgan sohasi amaliyot dasturiga aloqador boʻlishi lozim;
  • Hozirda oʻqib turganlar oʻqish joyidan maʼlumotnoma topshirishi kerak;
  • Ushbu dasturga katta qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • Dastur ingliz tilida olib borilganligi bois ingliz tilini bilish talab etiladi.
  • Foydali tomonlari

    Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

    • Amaliyot uchun kuniga 2,400 yen ($15) beriladi va soliqlardan ozod etiladi;
    • Yaponiyaga borish-kelish safar xarajatlari qoplab beriladi;
    • Amaliyot joyiga borish-kelish uchun Shuttle Bus Pass, yaʼni avtobus chiptasiga ega boʻladi;
    • Jihozlangan turar joy bilan taʼminlanadi;
    • Viza, tibbiy sugʻurta va mahalliy roʻyxatdan oʻtish masalalarida yordam beriladi.
  • Dasturga ariza tорshirish haqida batafsil ushbu havоla оrqali maʼlumоt оlish mumkin.