Kvinslend universitetining avstraliyalik mutaxassislari maxsus plastir yordamida COVID-19 vaksinalarini yuborish usulini ishlab chiqdilar. Endilikda, COVID-19 ga qarshi vaksina uchun yuqori zichlikdagi mikrochipli maxsus plastirdan foydalaniladi. Teriga qoʻllangandan soʻng, plastir vaksina minglab mikroskopik proyeksiyalarni yaratadi.
Kvinslend kimyo va molekulyar biologiya maktabi doktori Devid Myuller plastirning birinchi sinovlari sichqonlarda AQSHda ishlab chiqarilgan COVID-19 vaksinalaridan biri bilan oʻtkazilganini maʼlum qildi. Tadqiqot natijalariga koʻra, vaksina mushak ichiga qoʻllanilganidan koʻra samaraliroq immun javob bergan.
Devid Myullerning soʻzlariga koʻra, shu tariqa vaksina koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samarali kurasha boshlaydi. Hexapro vaksinasi nina bilan emas, balki aplikator orqali yuborilsa, u tezroq immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradi. Shuningdek, u bir nechta variantlarni, shu jumladan, Alpha va Beta variantlarini neytrallashtiradi. Bu ninali vaksinalardan koʻra qulayroq, shunchaki teriga aplikator qoʻyiladi va 5 ming mikroskopik proyeksiya vaksinani deyarli sezilmaydigan tarzda teriga kiritiladi.