Yangilik 28.10.2021 374

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy xodimlariga “Oʻzbekiston milliy ilmiy-tadqiqot bazasi” taqdimoti boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy xodimlariga “Oʻzbekiston milliy ilmiy-tadqiqot bazasi” taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur baza Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda  MCHJ “I-EDU GROUP” tadqiqot va innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish boʻyicha mustaqil tashkilot bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Mazkur platformaning afzalliklaridan biri, ilmiy xodimlarning “Google Scholar”, “Scopus” va “Web of Science” kabi xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida chop etilgan maqolalari soni hamda iqtiboslari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirilish va xalqaro ilmiy ishlanmalar bazalariga (scholar.google.com, orcid.org, publons.com, OCLC.org, worldcat.org, zenodo.org, semanticscholar.org, base-search.net va boshqalar) integratsiyasini taʼminlanadi.