Yangilik 14.10.2021 82

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda Ural federal universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 15-oktyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi” va “Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N. Yelsin nomidagi Ural federal universiteti”  FDATM (federal davlat avtonom taʼlim muassasasi) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Markaz va UrFU oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida davlatlarning amaldagi qonunchiligiga muvofiq quyidagi vazifalari amalga oshiriladi:

  – ilmiy-texnik axborot almashinuvi;
  – ilmiy-texnika va innovatsiyalar sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
  –  tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan dastlabki kelishuvga asosan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, stajirovkalar, forumlarda ishtirok etish;
  – ilmiy va ilmiy-texnik axborot sohasida kadrlar almashinuvi, tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  – ilmiy-texnik va innovatsion sohalarda boshqa qoʻshma tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Ushbu hamkorlik ilmiy-texnik axborot tizimini mustahkamlash, tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro tajribani boyitish va strategik rejalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada oshirishga olib keladi.