Yangilik 22.10.2021 156

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda Ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari va xodimlari ishtirokida “Ilmiy ishlanmalar boʻyicha milliy baza” taqdimoti oʻtkazildi

Joriy yilning 22-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda Ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari va xodimlari ishtirokida “Ilmiy ishlanmalar boʻyicha milliy baza”  taqdimoti oʻtkazildi.

Mazkur baza Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamda  MCHJ “I-EDU GROUP” tadqiqot va innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish boʻyicha mustaqil tashkilot bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Mazkur platformaning afzalliklaridan biri, ilmiy xodimlarning “Google Scholar”, “Scopus” va “Web of Science” kabi xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida chop etilgan maqolalari soni hamda iqtiboslari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirilish va xalqaro ilmiy ishlanmalar bazalariga (scholar.google.com, orcid.org, publons.com, OCLC.org, worldcat.org, zenodo.org, semanticscholar.org, base-search.net va boshqalar) integratsiyasini taʼminlanadi.