Yangilik 20.10.2021 146

Ilmiy-texnik axborot markazi va Belarus ilmiy -texnik sohani tizimli tahlil qilish va axborot bilan taʼminlash instituti davlat muassasasi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi va Fan va texnika davlat qoʻmitasining “Belarus ilmiy -texnik sohani tizimli tahlil qilish va axborot bilan taʼminlash instituti” davlat muassasasi (GU “BelISA”) oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandumni imzolashdan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida ilmiy -texnik axborot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tomonlar oʻrtasidagi Memorandum doirasida, davlatlarning amaldagi qonunchiligiga muvofiq, quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
– ilmiy va ilmiy-texnik axborot almashish;
– hamkorlikda ilmiy -texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
– tomonlarning dastlabki kelishuviga binoan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, amaliyotlar, forumlarda ishtirok etish;
– ilmiy va ilmiy -texnik axborot sohasida kadrlar almashinuvi, malakasini oshirish;
– ilmiy -texnik va innovatsion sohalarda boshqa hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Bu hamkorlik ilmiy-texnik tizimni mustahkamlashga, tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro tajribani boyitishga va strategik aloqalarni amalga oshirish uchun keyingi imkoniyatlarning oʻsishiga olib keladi.