Yangilik 21.11.2021 502

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish” mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi

Bugun, 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiya yakuni boʻyicha Vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazida qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish borasida uchrashuvlar tashkil etildi.

Ulardan:

JICA Xalqaro hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari, iqtisod fanlari doktori Miyazaki Suguru bilan.

UNECE xalqaro tashkilotining “Atrof muhitni himoya qilish” hududiy maslahatchisi Sarangoo Radnaaragchaa, GIZ loyiha menedjeri Paul Shumaxer hamda hududiy menedjer Oyture Anarbekov bilan.

Germaniyadagi Leybnitsadagi Gannover universitetining Tuproqshunoslik instituti ijrochi direktori Prof. dr.Georg Guggenberger hamda ushbu universitetning assistenti Dr. Olga Shibistova bilan.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida mehmonlarga soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yutuqlari toʻgʻrisida axborot berildi, shu bilan birga ushbu yoʻnalishda yaqin kelajakdagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvlar natijasida ikki tomonlama, Vazirlikning tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovining 52-tur doirasida topshirilgan amaliy/innovatsion loyihalarning ilmiy ekspertizasining birinchi bosqichini oʻtkazish uchun xorijiy ekspertlarni faol jalb qilishning tashkiliy masalalari kelishib olindi.