Yangilik 23.11.2021 122

Innovatsion gʻoyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2021” xorijiy davlat mehmonlari “English for science” akademik ingliz tili dasturi bilan tanishdilar

Innovatsion gʻoyalar haftaligi “InnoWeek.uz-2021” doirasida tashrif buyurgan xorijiy davlat mehmonlar Vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazida amalga oshirilayotgan “English for science” akademik ingliz tili dasturi bilan yaqindan tanishdilar

23-noyabr kuni Innovatsion gʻoyalar haftaligi “InnoWeek.uz-2021” doirasida tashrif buyurgan Belarus Respublikasi Davlat texnika universiteti, rektori, texnika fanlari doktori, professor Xaritonchik Sergey Vasilyevich hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich Vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazida amalga oshirilayotgan “English for science” akademik ingliz tili dasturi bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar, loyiha ishtirokchilari, jarayonlari va dastur doirasida qamrab olingan mavzular, shuningdek, loyiha natijalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Maʼlumki, “English for science” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagi asosida tashkil etilgan boʻlib Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur loyiha yosh olim va tadqiqotchilar uchun ingliz tilida akademik salohiyatini oshirishga qaratilgan boʻlib, joriy yilning aprel oyidan 200 ga yaqin mahalliy olim va tadqiqotchilarni ilmiy maʼlumotlar bazalaridan sifatli foydalanish, olimlar oʻz ilmiy maqolalarini tayyorlash va xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish akademik va nazariy bilimlarini oshirish hamda olimlarning oʻz tadqiqotlari uchun xorijiy moliyalashtirish manbalari (grantlar)ni qoʻlga kiritish va natijalarni tijoratlashtirish boʻyicha oʻquv kurslari olib borilmoqda.