Yangilik 24.11.2021 597

“InnoWeek.Uz-2021” Innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

Bugun, 25-noyabr kuni “Innoweek 2021” Innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abdurahmonov YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Aleksandros Makarigakis bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida qoʻyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. YUNESKO-IBR “UNESCO Global Observatory of Science, Technology and Innovation Policy Instruments (GO→SPIN) towards strengthening inclusive Science, Technology, Innovation (STI) Systems for the Sustainable Development Goals” loyiha doirasidagi Oʻzbekiston Respublikasining fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosatini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni yakunlash;

2. Oʻzbekistonda fan va innovatsiyalar sohasida ilmmetriyaning xalqaro standartlarini joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish doirasida faoliyatni amalga oshirish;

3. Innovatsion rivojlanish vazirligi va YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi oʻrtasidagi hamkorlikning keyingi yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi va Ilmiy-texnik axborot markazi yuqorida keltirilgan ikki band boʻyicha hamkorlik olib borish toʻgʻrisida kelishuv imzolashdi.