Yangilik 01.11.2021 71

Uzum butalari uchun аyozga qarshi kurashishda yangi lampalar

Wine Protect fransuz startapi ayozlardan uzumzorlarni himoya qilish muammosi bilan shugʻullanadi. Ayni paytda ayozlarga qarshi kurashish uchun maxsus lampalarning ko'paytirish vazifasi turibdi.
Uzum butalari uchun tayanchlar darajasida oʻrnatilgan lampalar harorat pasayganda oʻz-oʻzidan ishlab ketadi, quyosh panellarining yordami bilan zaryadlanadi.

Ushbu startap rahbari Debora Dyukam (Déborah Ducamp)ning maqsadi ikki yil ichida ayozlarga qarshi kurashish uchun yangi yechimga ega boʻlgan iloji boricha koʻproq lampalar ishlab chiqarishdir. Gʻoya shundan iboratki, lampalar oʻz-oʻzidan ishga tushadi va harorat uzumchi tomonidan belgilangan  qiymatidan pastga tushganda butalarni himoya qiladi.

Lampalar foydalanishda juda oddiy, ular osonlik bilan tashiladi va uzum butalari qatorining darajasida shpalerlarda joylashtirish mumkin. Bitta lampa 5 soat davomida taxminan 2-2, 5 m qatorga yetarli boʻladi. Agar uzumchi buni quyosh panellaridan ham qulayroq deb topsa, istalganda batareyalarni standart elektr rozetkasidan ham zaryadlash mumkin.

Manba: shorturl.at/pxCDX