Yangilik 05.10.2021 105

Ilmiy -texnik axborot markazida Italiyaning Sababa Security IT -kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Ilmiy -texnik axborot markazida Italiyaning Sababa Security IT -kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi ( (www.sababasecurity.com).

Sababa Security - 2019-yilda Milan shahrida (Italiya) Alessio Aseti va HWG (www.hwg.it) tomonidan asos solingan. HWG yetakchi va innovatsion kiberxavfsizlik kompaniyasi sifatida butun dunyo boʻylab oʻz mijozlariga himoya darajasini yaxshilash uchun yangi yechimlarni topishga sarmoya kiritib kelmoqda. Sababa Security mijozlariga korporativ xavfsizlik va xavfsizlikning muayyan ehtiyojlariga javob beruvchi echimlarni topishga yordam beradi, masalan, ommaviy axborot oqimlari, muhim infratuzilma, Internet narsalari va boshqalar.

Tomonlar Innovatsion rivojlanish vazirligining raqamli transformatsiyasi doirasida Sababa Security texnologik yechimlarini begʻaraz asosda joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.  

Shuningdek, suhbat soʻngida, Sababa Security yaqin kelajakda oʻz mutaxassislarini mumkin boʻlgan yechimlarni batafsil oʻrganish uchun yuborishiga kelishildi.