Yangilik 30.11.2021 540

“Springer Nature” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakili ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ilm-fan sohasi yuqori surʼatlarda rivojlanib bormoqda, bunga ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha olim-tadqiqotchilarning nashriyot faoliyati asos boʻlmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarini ilmiy nashrlarning xalqaro yetakchi maʼlumotlar bazalariga obuna boʻlishini taʼminlash boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri Springer Nature tomonidan nashr etilgan SpringerLink maʼlumotlar bazasidir.
Shu munosabat bilan joriy yilning 1-dekabr kuni vazirlik tomonidan “Springer Nature” kompaniyasining axborot resurslari vakili Aleksandrova Irina tomonidan “2020 va 2021-yillarda Oʻzbekiston ilmiy muassasalarining “Springer Nature” resurslaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.  
“Springer Nature” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Irina Alekseyevna oʻz nutqi davomida SpringerLink ilmiy maʼlumotlar bazasining potensial imkoniyatlarini ochib berdi, shuningdek, platformadan foydalanish imkoniyatiga ega universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari tadqiqotchilarining undan foydalanganlik boʻyicha maʼlumotlarga eʼtibor qaratdi. Shu bilan birga, 2015-yildan 2021-yil noyabriga qadar link.springer.com platformasidagi “Springer Nature” kompaniyasining jurnallarida oʻzbekistonlik olimlar tomonidan eʼlon qilingan ilmiy maqolalar boʻyicha aytib oʻtildi.   
 

Shuningdek, “I-EDU Group” mustaqil tadqiqot direktori Ulugʻbek Mirzalimov. Milliy tadqiqot bazasini takomillashtirish boʻyicha Ilmiy-texnik axborot markazi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Mazkur seminar davomida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasasi xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi.
Maʼlumot uchun: Respublikamizdagi 105 ta oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalariga “ Springer Nature ” kompaniyasining elektron resurslaridan (2 000 dan ortiq imliy jurnallar, 4 000 000 dan ortiq maqolalar va labratoriya tadqiqotlarining 58 000 dan ortiq bayonnomalar) foydalanish imkoniyati yaratilgan. 2021-yilning yanvardan dekabr oyiga qadar oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari springer.com bazasi maʼlumotlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatiga ega.