Yangilik 10.12.2021 362

Toshkent davlat Stomatologiya instituti Oʻzbekistonda WFME xalqaro akkreditatsiyasidan oʻtgan birinchi Oliy taʼlim muassasasi boʻldi

Stomatologiya va yuz-jagʻ jarrohligining dolzarb muammolariga bagʻishlangan “IV xalqaro stomatologlar kongressi” va Respublika stomatologlaring 8-syezdi boʻlib oʻtdi. Ushbu xalqaro kongressda Sogʻliqni saqlash vaziri Bexzod Musayev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, shuningdek, xorijlik 150 nafar nufuzli stomatologlar va yurtimizdan eng tajribali soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida qoʻlga kiritilgan xalqaro akkreditatsiya sertifikati Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Kadirovga topshirildi.

Akkreditatsion Kengashning xulosasiga muvofiq, institutning bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari akkreditatsiyadan oʻtdi. Toshkent davlat stomatologiya instituti xalqaro akkreditatsiyasi – Oʻzbekistondagi taʼlim dasturlarini xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni boʻlib, Oliy taʼlim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) aʼzosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan oʻtkazildi.

Instituti tomonidan xalqaro akkreditatsiyani qoʻlga kiritilishi, institut jamoasi uchun xalqaro taʼlim maydonda koʻpgina imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, taʼlim dasturlarini dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish, taʼlim jarayonlarining oshkoraligi va ochiqligi taʼminlash, bitiruvchilarning komptentligini oshirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot oʻrnida: bugungi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyodagi 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning 100 dan ziyod yetakchi xorijiy OTM va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, respublika oliy taʼlim muassasalari orasida Yevropa ittifoqida oʻz filialiga, xalqaro sifat menejmenti ISO 9001:20.15 sertifikatiga hamda Finlyandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikdagi "Tibbiyot va innovatsiyalar" ilmiy-amaliy jurnaliga ega.

 

Manba: http://edu.uz/uz/pages/axb