Yangilik 13.12.2021 108

Professional taʼlimda tadbirkorlikka oʻqitishning xalqaro tajribalari joriy etilmoqda

Bugundan Germaniya xalqaro hamkorlik boʻyicha Jamgʻarma kassalari fondi (German Sparkassenstiftung for International Cooperation) bilan hamkorlikda professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilarining tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish maqsadida 5 kunlik amaliy-seminar oʻz ishini boshladi.

Amaliy-seminar Toshkent shahridagi 5 ta professional taʼlim muassasalarida Germaniyalik ekspertlar tomonidan oʻqitilgan va trenerlik sertifikatlariga ega boʻlgan pedagog kadrlar tomonidan olib borilmoqda. Mazkur oʻqituvchilar Fond tomonidan toʻliq metodik materiallar bilan bepul taʼminlandi.

Amaliy-seminarda 100 nafarga yaqin professional taʼlim muassasalari oʻquvchilar tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Germaniya metodlari asosida oʻqitiladi. 

Huddi shunday seminar treninglarni German Jamgʻarma kassalari fondi bilan hamkorlikda Respublika hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Manba: http://edu.uz/uz/pages/axb