Yangilik 13.12.2021 158

Yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarga buyurtma berish boʻyicha interfaol xizmat ishga tushirildi

Endilikda iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari oʻzlarining yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishga tushirilgan elektron portal orqali taqdim etishlari mumkin.

Bunda tarmoq korxonalari interfaol xizmat orqali quyidagi maʼlumotlarni yuklashlari lozim:
1. Yangi ishlanma/texnologiya nomi (ehtiyoj) 
2. Buyurtma beruvchi (tarmoq korxonasi, tashkilot, tadbirkorlik subyekti nomi)
3. Buyurtma beruvchi rekvizitlari (yuridik manzili, tel.raqami, veb-sayti)
4. Yaratilgan ishlanma/texnologiyaga koʻyiladigan talablar:
4.1. Texnologik talablar (tavsifi, xususiyati,mavjud (import) analoglari bilan qiyosiy tahlili indikatorlarda)
4.2. Xomashyoga oid talablar  (xomashyo tarkibi, manbai – agar maʼlumot mavjud boʻlsa)
4.3. Isteʼmol bozori tahlili (yillik isteʼmol hajmi soni, summasi)
4.4. Ishlanma/texnologiyani yaratish muddati (yillar)
4.5. Ishlanma/texnologiya asosida ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga oid talablar (1 birlik mahsulot narxi)
5. Ishlanma/texnologiyani yaratuvchi ilmiy tashkilot(lar) – agar maʼlum boʻlsa
6. Buyurtma beruvchi tomonidan ishlanma/texnologiyani yaratish loyihasiga ajratiladigan mablagʻ (investitsiya) hajmi (mln.soʻm).

Ushbu maʼlumotlar vazirlikning maʼlumotlar bazasiga kelib tushadi va ekspertlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Koʻrib chiqish natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi shakllantiriladi va har bir buyurtma negizida tayyorlangan tematik mavzu boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovlar natijalari boʻyicha eng yaxshi ilmiy loyihalarga grant mablagʻlari ajratiladi va shu asosda texnologiya ishlab chiqilib, manfaatdor tarmoqqa kelgusida tijoratlashtirish uchun taqdim etiladi.