Yangilik 30.11.2021 223

Olimlarga grant sertifikatlari topshirildi

“InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 89,4 mlrd. soʻm boʻlgan 41 ta loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirildi. Sertifikatlarni olimlarga Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov taqdim etdi.

Tadbirda 11 ta fan yoʻnalishi kesimida Fanlar akademiyasi hamda 3 ta vazirlik, 1 ta qoʻmita tasarrufidagi 11 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 14 ta oliy taʼlim muassasasi, 6 ta ilmiy markazi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 89,4 mlrd. soʻm boʻlgan 41 ta (22 ta amaliy, 14 ta innovatsion va 5 ta fundamental) loyihalar rahbarlariga sertifikatlar berildi. Ilmiy  loyihalar yakuniy natijalari qishloq xoʻjaligi sohasida agrotexnologiyalar, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalari, farmakologiya va farmatsevtika yoʻnalishida dori vositalari va substansiyalar, texnik qurilmalar, tajriba-konstruktorlik namunalari, dasturiy mahsulotlar olishga qaratilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Joriy yilda umumiy qiymati 296,0 mlrd. soʻm boʻlgan 260 ta tematik mavzu (63 ta innovatsion, 197 ta amaliy)lar eʼlon qilindi. Hozirda 13 ta fan yoʻnalishi boʻyicha umumiy qiymati 40,72 mlrd soʻm boʻlgan 33 ta tematik mavzular ( 21 ta amaliy, 12 ta innovatsion) uchun tanlovlar davom etmoqda.