Yangilik 07.12.2021 294

“Yangi O’zbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2021-yil 7-dekabrda O`zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O’zbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n., Xurshid Turg‘unovich Fayziyevning tabrik so‘zi bilan ochib berildi. Tadbirda “Qonun ustuvorligi Amir Temur va Temuriylar asosiy tamoyili”, “Temur tuzuklari” asarida xalqning huquq va burchlarining kafolatlanishi haqida”, “Konstitutsiya va Uchinchi Renessans bo‘sag‘asidagi ma’naviy burchlar”, “Yoshlar huquqiy ongi, madaniyatini rivojlantirishda Konstitutsiya va qonunlarning o‘rni” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Tadbir davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Temur tuzuklari o‘rtasidagi o‘xshash jihatlar xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tadbir so‘nggida TDPU talabalari uchun muzey ekspozitsiyasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

 

Manba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi