Joriy yilning 10-dekabr kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda universitet xodimlari va talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi!
Davra suhbati davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati, stipendiya tanlovlari va xorijda taʼlim olish dasturlari toʻgʻrisida taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, universitet xodimlari va talabalari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga Jamgʻarma vakillaridan javob olishdi.