Yangilik 13.01.2022 266

Umumiy qiymati 77,8 mlrd. so‘m bo‘lgan 38 ta loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirildi

13 yanvar kuni Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy, innovatsion va fundamental loyihalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar. 9 ta fan yo‘nalishi kesimida Fanlar akademiyasi hamda 3 ta vazirlik, 1 ta qo‘mita tasarrufidagi 8 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 5 ta oliy taʼlim muassasasi, 6 ta ilmiy markazi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 77,8 mlrd. so‘m bo‘lgan 38 ta loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirilmoqda. Ulardan 21 tasi amaliy, 9 tasi innovatsion va 8 tasi fundamental loyihalardir.

Jumladan, 9 ta qishloq xo‘jaligi, 6 ta biotexnologiya va biologiya, 8 ta tibbiyot, 8 ta filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari, 2 ta texnika, 5 ta farmakologiya va farmatsevtika, fanlari yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. Bajarilayotgan loyihalar yakuniy natijalari qishloq xo‘jaligi sohasida agrotexnologiyalar, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalari, farmakologiya va farmatsevtika yo‘nalishida dori vositalari va substansiyalar, texnik qurilmalar, tajriba-konstruktorlik namunalari va dasturiy mahsulotlar olishga qaratilgan.

Taʼkidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion xalqaro loyihalar tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Hozirda 15 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha umumiy qiymati 144,22 mlrd so‘m bo‘lgan 146 ta tematik mavzular – 131 ta amaliy, 35 ta innovatsion loyihalar uchun tanlovlar davom etmoqda.

Manba: https://mininnovation.uz/news/post-309 

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilingan amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi g‘oliblari

RO‘YXATI

Loyiha nomiLoyiha rahbari va ilmiy darajasiIjrochi tashkilot
1.       Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish, nashr etish hamda elektron dasturini yaratishMaxsudov Davron RustamovichOʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
2.       Suvdan oqilona foydalanish targʻibotiga yoʻnaltirilgan multimedia mahsulotini yaratishErgasheva Maxsuda PoʻlatovnaRespublika ma’naviyat va ma’rifat markazi
3.       Qoramollarning qon-parazitar teylerioz kasalligiga qarshi vaksina yaratishGʻafurov Aktam GʻafurovichVeterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
4.       Nasldor qorakoʻl qoʻylarining genomini oʻrganish asosida genodiagnostika usulini ishlab chiqishHakimov Oʻktam NormuxamedovichOʻzR FA Navoiy boʻlimi
5.       Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda tuproq resurslarini tezkor, aniq va samarali tahlil qilish, baholash va monitoring qilish dasturiy mahsulotini yaratishBaxodirov Zafar AbduvaliyevichTuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instiuti
6.       Qoraqalpogʻiston  Respublikasi, Namangan, Fargʻona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tanlab olingan pilot yer maydonlarida tuproqlarning sogʻlomlik darajasini baholovchi tuproq-ekologik xaritalarni ishlab chiqishRuzimetov Maqsud IsmoilovichTuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
7.       Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda bentonit gillaridan foydalangan holda sugʻorish suvlarini tejashning ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarini ishlab chiqishQodirova Shaxnoza IshpulatovnaOʻzR FA Navoiy boʻlimi (asosiy ijrochi tashkilot)
8.       Qovunning “Amiri” turiga mansub, ertapishar (60-70 kun), eksportbop va un shudring kasalligiga chidamli navini yaratishXakimov Rafikjon AbdunabiyevichSabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
9.       Surxondaryo viloyatiga joriy etish uchun ingichka tolali gʻoʻza navlarining sifatli original ashyolarini yaratishRavshanov A’zam ErkinovichPaxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
10.  Tarvuzning “Krimson svit” turiga mansub xorijiy duragaylariga raqobatbardosh, hosildorligi                     55-60 t/ga boʻlgan, mahalliy “Shirin” navidan yuqori sifatli elita urugʻchiligini yaratishXakimov Rafikjon AbdunabiyevichSabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
11.  Yopiq tuproq sharoitida sabzavot ekinlarining paraziti-Meloidogyne avlodi nematodalariga qarshi kurashish uchun biopreparat yaratishSaidova Shoira OlimovnaOʻzR FA Zoologiya instituti
12.  Yongʻinlarni hisobga olish va ularning sabab-oqibatlarini tahlil qilishning avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi dasturiy mahsulotini yaratishArifjanov Abdulla ShamxatovichRaqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
13.  Raqamli iqtisodiyot sharoitida Oʻzbekiston mehnat bozorining adaptiv (moslashuvchan) transformatsiyasi va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tashkil etish modellariOtakuziyeva Zuxra MaratdayevnaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot- texnologiyalari universiteti
14.  Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyidagi noyob eksponatlarning 3D animatsiyali virtual galereyasini yaratishtarix fanlari doktori Qurbonova Dilafruz AbdurashidovnaKamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti  
15.  Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyasi doirasida neytron yulduzlardagi yadro moddalarini tadqiq etishAbdujabbarov Axmadjon AdiljanovichOʻzR FA Yadro fizikasi instituti
16.  Katta adron kollayderidagi yuqori energiyali ogʻir ionlar toʻqnashuvlari boʻyicha katta hajmdagi ma’lumotlarning tahliliOlimov Xusniddin KosimovichOʻzR FA Fizika-texnika instituti
17.  Istiqbolli nanoqurilmalar uchun yangi uglerod nanostrukturalari selektiv sinteziXalilov Umedjon BoymamatovichOʻzR FA U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti
18.  Sudlar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha indikatorlarni oʻrganish asosida “e-justice” mobil ilovasini yaratishAripov Dilshod UrinbayevichOʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi
19.  Intellektual mulk egalari huquqlarini sud orqali himoya qilish tizimi hamda sudyalarni intellektual mulk sohasida oʻqitish boʻyicha multimedia mahsulotlarini ishlab chiqishOkyulov OmanbayOʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi
20.  Nutq signallari asosida ovoz va matnni tanib olish, qayta ishlash orqali stenogrammalarni shakllantiruvchi “Sound and text transcript” intellektual dasturiy mahsulotini ishlab chiqishAxatov Akmal RustamovichMirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
21.  Qishloq xoʻjalik ekinlari orasida uchraydigan begona oʻtlarga qarshi kurashishning samarali yangi agrotexnologiyasini ishlab chiqishXasanova Firyuza MarifovnaPaxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
22.  Oʻzbekiston agro-ekologik sharoitida boshoqli va dukkakli oʻsimliklarda lyuteoviruslar epidemiologiyasini tadqiq qilishqishloq xoʻjaligi boʻyicha falsafa doktori Ziyayev Zafarjon MashrapovichOʻzR FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti
23.  Janubiy Orolqum hududi ekologik sharoitiga moslashgan oʻsimliklarning hujayra texnologiyasi asosida yangi formalarini yaratishbiologiya fanlari doktori, professor Sherimbetov Sanjar GulmirzoyevichOʻzR FA akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
24.  Oʻzbekiston aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy hamshiralik (patronaj) yordamining sifatini oshirish uchun elektron platforma va mobil ilova yaratishtibbiyot fanlari doktori Mamatkulov BaxramjonToshkent tibbiyot akademiyasi
25.  Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gʻoyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediali kompleksni yaratishtarix fanlari doktori Ishanxodjayeva Zamira RaimovnaMirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
26.  Chuchukmiya asosida tuzilgan koʻp tarkibli kompozitsiyadan biologik faol moddalar substansiyasini ajratib olish texnologiyasini yaratishfarmatsevtika fanlari doktori Urmanova Flyura FaridovnaToshkent farmatsevtika instituti
27.  Introduksiya usulida olingan tabiiy bazidiomitset (Ganoderma lusidum) zamburugʻidan immunotroplik xususiyatiga va rak hujayralariga ta’sir qiluvchi substansiyalar ajratib olishning yangi texnologiyasini yaratishkimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Muxitdinov Baxtiyor IkromovichOʻzR FA Bioorganik kimyo instituti
28.  Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi hamda mobil ilovasini yaratishtarix fanlari doktori, dotsent Alimova Mahfuza FaxrudinovnaOʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
29.  Oʻzbekiston Respublikasida erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish boʻyicha multimedia mahsulotlarini yaratishiqtisod fanlari doktori, professor Abduramanov Hamid XudaybergenovichOʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti
30.  Oʻzbekistonda gender muammolarini oʻrganish, targʻib etish, monitoringini yuritish, “gender.uz” elektron platformasini yaratishpedagogika fanlari doktori, professor Egamberdiyeva Nodira MelibayevnaOʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti
31.  Oʻzbek milliy etnomadaniy tantanavor liboslari kolleksiyasining mobil ilovasini yaratishtarix fanlari nomzodi, dotsent Sayfullayev Nodirbek BaxtiyorovichKamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti
32.  Turli ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida kompyuterlashgan psixofiziologik testlar bazasi yordamida psixik rivojlanishdagi oʻzgarishlarni aniqlash va korreksiyalovchi innovatsion dasturiy mahsulot yaratishpsixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Yakubova Guzal AsatullayevnaNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
33.  Hayot uchun xavfsiz sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi maxsus mashqlar majmuyi va uning multimediali elektron dasturiy mahsulotini yaratishpedagogika fanlari nomzodi, dotsent Musayev Baxrom BaxtiyorovichOʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
34.  Paxta tolasi toylarini hisobga olish, ketma-ket raqamlash va ajratish tizimini ishlab chiqishtexnika fanlari doktori Gulyayev Rinat Amirovich“Paxta ilmiy-innovatsion markazi” MChJ
35.  Yurak qon-tomir kasalliklari xavfini erta aniqlash va bashorat qilish intellektual tizimitexnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Xidirova Charos MurodilloyevnaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
36.  Gʻildiraklarning koʻndalang bazasi kengligidagi gʻoʻza qator oralariga mos ravishda rostlanadigan universal traktorning tajriba nusxasini yaratishtexnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Axmedov Sherzod Anvarxon oʻgʻli“Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ
37.  Sholining eksportbop “Guliston” navining birlamchi urugʻchiligini tashkil etishqishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi Xojambergenov Gʻanibay AmetovichDon va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti  Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasi
38.  Qoraqalpogʻiston sharoitida kuzgi yumshoq bugʻdoyning istiqbolli “Shortanbay-1” navining birlamchi urugʻchiligini tashkil etishbiologiya fanlari nomzodi Absattarov Niyetbay AllanbergenovichDon va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasi