Yangilik 16.01.2022 227

“Xiva tarixidan lavhalar” kitob-albomi

Xorazm Maʼmun akademiyasi tomonidan “Xiva tarixidan lavhalar” kitob-albomi o'zbek va rus tillarida nashr etildi. Ushbu kitob-albomda Xiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti, aholining etnik tarkibi, dehqonchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik mashgʼulotlari, xivaliklar madaniyati va sanʼatiga doir qimmatli maʼlumotlar qoʼlyozma asarlar, arxiv maʼlumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar maʼlumotlari asosida ilk bora kompleks yoritilgan.

Kitob-albom mahalliy va xorijiy sayyohlar, oliy oʼquv yurti talabalari, gid-yoʼlboshlovchilar hamda yurtimiz tarixi bilan qiziquvchi keng oʼquvchilar ommasiga moʼljallangan.

Mazkur kitob-albomning afzaligi shundaki, Xiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti, aholining etnik tarkibi, dehqonchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik mashgʼulotlari, xivaliklar madaniyati va sanʼati doir maʼlumotlar yangi va noyob manba hamda adabiyotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, kitobda mavzuga doir koʼplab noyob suratlarning mavjudligi har qanday kitobxonni oʼziga jalb qila oladi.

Manba: http://academy.uz/uz/news/xiva-tarixidan-lavhalar-kitob-albomi