Yangilik 08.02.2022 91

Hind okeani ustida “atmosfera koʻli” aniqlandi

Maʼlum qilinishicha, olimlar tomonidan “atmosfera koʻli” deb atalgan ushbu hodisa Hind okeanida soʻnggi 5 yil davomida 17-marta kuzatilgan. “Atmosfera koʻli”ning shakllanishi havo oqimlarining tezligi taxminan nolga teng boʻlgan joylarda suv bugʻining oqimi koʻrinishida sodir boʻladi.

Taʼkidlanishicha, “atmosfera koʻli”ning diametri ming kilometr va chuqurligi bir necha santimetrga yetishi mumkin. Ular namlikni bir haftagacha ushlab tura oladi. Bu esa harorat va bosimning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Yaqinda Mayami universiteti iqlimshunoslari “atmosfera koʻlini” topgan. 2014-yildan 2018-yilgacha oʻtkazilgan tadqiqot bugʻ shaklidagi izolyatsiyalangan suv toʻplanishi hodisasini kuzatishga turtki bergan.