Yangilik 02.03.2022 400

Aholining yurak qon-tomir kasalliklari genetik xaritasi yaratiladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining navbatdagi yigʻilishida qator ilmiy loyihalar moliyalashtirishga tavsiya etildi. Xususan, “Tibbiyot fanlar” yoʻnalishi boʻyicha toʻrtta, “Farmatsevtika va farmakologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha ikkita, “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha oltita, “Iqtisodiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha ikkita, “Tibbiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha bitta loyiha moliyalashtiriladi.

Vazirlik tomonidan tanlovda gʻolib topilgan amaliy, innovatsion va fundamental loyihalarning ijrochi tashkilotlari bilan shartnomalar tuziladi. Tuzilgan shartnomalar asosida 2022-yil 1-apreldan loyihalarning moliyalashtirilishi taʼminlanadi.