Yangilik 10.03.2022 465

O’zbek olimlari yangi rezonans zarrachani kashf qilishdi

Bir nuklonga 3.4 GeV energiyali karbon yadrolarining karbon yadrolari bilan toʻqnashuvlarining tahlili natijasida ikkita proton va bitta pi-mezondan iborat sakkiz kvarkli tizimda yangi rezonans zarracha topildi.

Kashf etilgan qisqa yashovchi zarrachaning massasi 2118 ± 1 MeV/c2 ga teng boʻlib, uning yashash davri kuchli oʻzaro taʼsir vaqtiga qaraganda nisbatan katta boʻlishi koʻrsatildi (yangi rezonans zarrachaning kengligi 4 MeV/c2 dan oshmaydi).

Kuzatilgan rezonans strukturaning fon taqsimotidan eksperimental oshishi 122 ± 20 hodisani yoki 4.5 standart xatolikni (sigmani) tashkil etdi.

Mualliflar yangi zarracha kuzatilishi mumkin boʻlgan yadroviy toʻqnashuvlarga oid boshqa eksperimental maʼlumotlarni tahlil qilishmoqda.