Yangilik 08.05.2022 457

Fargʻona vodiysidan gekkonlarning jahon faunasi uchun yangi turi topildi

Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha, Fargʻona vodiysida koʻplab zoologik tadqiqotlar oʻtkazilganiga qaramay, bu tur endigina kashf etildi. Bu, ehtimol ushbu turning maxsus biologiyasi va ekologiyasi bilan bogʻliq.

Ushbu tur kichik oʻlchamga ega boʻlib, voyaga yetganlarining kattaligi boshi bilan oʻrtacha 3 - 3,5 santimetrni tashkil qiladi. Bu tur faqat tungi faol boʻlib, xavf tugʻilganda tuproqning yoriqlari va notekis joylariga yashirinadi. Shuningdek, bu tur akustik signallar yordamida muloqot qiladi.

Aytish joizki, bu tur hozirgacha faqat Oʻzbekiston hududida topilgan.