Yangilik 18.05.2022 106

Olimlar Oydan keltirilgan tuproqda ilk bor o'simlik o'stirishga muvaffaq bo'lishdi

Mazkur tadqiqot koinotdagi tuproq qay darajada unumdor bo'lishi borasida foydali ma'lumotlar olish imkonini berdi. Yerda Oyning tuproq qoplamasi u qadar ko'p emas, shu bois tadqiqot oson kechmadi.

Avvalroq Arizona cho'llaridan olingan sun'iy hosil qilingan, Oydagiga o'xshash tuproq qoplamasida don ekilib, o'stirilgandi. 2019-yilda Xitoyning “Chane-4” zondi Oy yuzasida u qadar katta bo'lmagan biosfera hududida nihollar o'stirishdi.

Tadqiqot uchun tuproq Apollon 11, 12 va 17 missiyasi doirasida olib kelingan edi. NASA esa atigi 12 gramm qimmatbaho materialni yetkazgan edi.

Avvaliga kichik tuvakka bir gramm Oy tuprog'i solinib, kerakli o'g'itlar vositasida to'yintirildi. Va unga rezuhovidki waist o'simligi ekildi. Parallel tarzda sun'iy Oy va Mars tuprog'iga shu urug'lar ekildi. Qizig'i barchasida ham o'simliklar o'sib chiqdi. Bu Oyning tuproq qoplamasi o'g'itni yaxshi o'zlashtirishidan dalolat beradi.  

Hammasi silliq ko'chmadi, albatta. Oy tuprog'i tarkibida tuz, metall ko'pligi, kislorodning faolligi tufayli sekin o'sdi va stressga moyil bo'ldi, deyiladi techcult.ru saytida.