Yangilik 28.06.2022 399

Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillari bilan uchrashdi

Joriy yilning 28 iyun kuni innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova boshchiligidagi delegatsiya Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori o'rinbosari Xasan Kleyb hamda Mintaqaviy va milliy rivojlanish sektori Habip Asan bilan uchrashdi. 

Uchrashuv doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori o'rinbosari Xasan Kleyb O'zbekiston hukumati tomonidan innovatsion ekotizmni yaratishga bo'lgan etiborni yuqori baholadi. Shu o'rinda, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti kichik va o'rta biznes, yoshlar va xotin-qizlarni tashkilot tassarufidagi dasturlar doirasida qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi. 

Jumladan, “WIPO Academy” va “Summer School” dasturlari doirasida eksportyorlar, startapchilar va biznes vakillarga intellektual mulkni tijoratlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning echimiga manzilli yo'naltirish borasida kerakli bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha treninglar tashkil qilish, hamda ularni “WIPO IP Diagnostics” dasturi doirasida qo'llab-quvatlashga kelishib olindi. 

Shu bilan birga, tomonlar Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida hamkorlik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldi. Delegatsiya vakillari Shveytsariyaning biotexnologiya va hayot haqidagi fanlar bo'yicha dunyoning yetakchi markazi — “Campus Biotech” faoliyati va u yerda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi, deya xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati.