Yangilik 23.06.2022 375

Innovatsion rivojlanish vaziri Argentina elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, energetika, vinochilik va boshqa sohalarda qo‘shma ilmiy loyihalarni tashkil etish, shuningdek o‘zaro tajriba almashinuvi hamda yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik tafsilotlarini o‘rganish hamda ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida ilm-fan, innovasiyalar va texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik bitimi tuzilishi imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kelishib oldilar.