Robot oyoqlari yordamida mustaqil ravishda harakatlanib, odamlar bilan muloqot qila oladi. Robotning bo'yi 177 santimetr. Og'irligi 52 kilogramm. Odamlarga xos 45 ta his-tuyg'uni farqlay oladi. Taqdimotda namoyish etilganidek, u gul ham tortiq qilish qobiliyatiga ham ega.
Robotni bozorga chiqarish ko'zda tutilmagan. Kompaniya undan tadqiqot platformasi sifatida foydalanishni maqsad qilgan.
Robotning yuzi qayrilgan OLED-panelidan ishlangan. U ikkita mikrofon vositasida eshitadi. Olamni 3D shaklida ko'radi. Robotning tezligi soatiga 3,6 kilometr, deyiladi korrespondent.net saytida.