Yangilik 14.09.2022 316

O‘zbekiston va Xitoy koinot monitoringi sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Haftalik davomida agentlik vakillari Xitoyning Head Aerospace tashkiloti mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tomonlar kelgusidagi hamkorlikning samarali yo‘nalishlari bo‘yicha bir qancha kelishuvlarga erishdilar. Xususan, kosmik monitoring doirasida Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston hududida sanoatda yangi IoT texnologiyasini sinovdan o‘tkazish.

Haftalik doirasida amaldagi va potentsial hamkorlar bilan sun’iy yo‘ldosh aloqasi va boshqa bir qator muhim masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan, deb xabar beradi “O‘zbekkosmos” agentligi matbuot xizmati.