Yangilik 15.09.2022 249

Innovatsiyalar vazirligi “O‘zbekiston – Ozarbayjon” ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son qarori talablari asosida o‘tkazilmoqda.


Tadqiqot sohalari:

  • energiya va energiya tejash;
  • tibbiyot va tibbiy texnologiyalar;
  • farmatsiya va farmakologiya;
  • nano va biotexnologiyalar;
  • kimyoviy texnologiyalar;
  • yangi materiallar;
  • raqamli iqtisodiyot;
  • oziq-ovqat xavfsizligi;
  • agrosanoat texnologiyalari;
  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
  • tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish;
  • suv resurslarini boshqarish texnologiyalari;
  • tog'-kon texnologiyalari;
  • lazer texnologiyalari va fotonika;
  • raqamli axborot-kommunikatsiya va fanlararo texnologiyalar.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan ilmiy guruhlar Ozarbayjon tomonidagi hamkorlar bilan oʻzaro kelishuv shartlarida hamda loyiha maqsadlari doirasida ariza topshirishlari kerak.

Loyihaning muddati 24 oydan oshmasligi kerak.

Tanlovga faqat bitta ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek ekspertiza natijalariga ko‘ra bir tomonlama yoki har ikki tomondan moliyalashtirish rad etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.

Tanlov shartlari bilan Innovatsiyalar vazirligi saytida tanishish mumkin.