Yangilik 06.10.2022 138

Inno week

Joriy yilda haftalik 17-21 oktyabrь kunlari Toshkent shahrida “BАRQАROR RIVOJLАNISh UChUN YAShIL INNOVАTSIYАLАR” mavzusida boʼlib oʼtadi.

Haftalik doirasida Xalqaro texnologiyalar koʼrgazmasi tashkil etiladi. Unda muqobil energetika tizimlari, biotexnologiyalar, kimyo sanoati, robototexnika, atrof-muhit muhofazasi, materialshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha ilmiy-tadqiqot namunalari va tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalar namoyish etiladi.

"Innoweek" - innovatsion gʼoyalar haftaligida 50 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq kompaniyalar, 40ga yaqin xorijiy tashkilotlar ishtirok etishi kutilmoqda.

📥Tadbirda ishtirok etishni xohlovchi innovatsion gʼoya egalari, tadbirkor va investorlar www.innoweek.uz saytida onlayn roʼyxatdan oʼtishi va batafsil maʼlumot olishlari mumkin.