Yangilik 19.10.2022 400

Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Aleksandr Sharer:

Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Aleksandr Sharer:

– Innovatsiyalar, masalan, internet geografik masofalarni qisqartiradi. Ular dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlarni yaqinlashtirishi va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlashi mumkin. Shvetsariya uchun innovatsiyalar bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Tabiiy resurslar deyarli yo‘q davlat sifatida biz inson kapitaliga to‘liq qarammiz.Global innovatsiyalar indeksida Shvetsariya dunyodagi eng innovatsion davlat sifatida qayd etilgan. Bu yutuqning bir qator asosiy omillari bor: fan va tadqiqotlarga sarmoya kiritish, startaplarni rivojlantirish, intellektual mulkni himoya qilish, biznes siyosati. Mamlakatimizda innovatsiyalardan mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, robototexnika, transport va energetika sohalarida keng foydalanilmoqda.O‘zbekiston Shvetsariya bilan hamkorlikda innovatsion yondashuvlarni joriy eta olganidan xursandman. Bu — suvni tejash sektori, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va boshqa sohalarga tegishli. Bundan tashqari, keyingi yillarda Shvetsariya kompaniyalarining loyihalariga qiziqish ortib, ularning vakillari ham Toshkentdagi innovatsiyalar ko‘rgazmasiga taklif etilgan. Bugungi kunda texnologik o‘zgarishlar hayotimizga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Davlatlarning bu yo‘nalishda hamkorlik qilishi muhim.

“InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi "Fan va innovatsiyalar" xalqaro ilmiy forumidan