Yangilik 30.11.2022 189

Clarivate Analytics kompaniyasi va Innovasion rivojlanish vazirligi o'rtasida hamkorlik o'rnatildi

Joriy yilning 29 noyabr kuni Clarivate Analytics kompaniyasi vakillari,  Jahon Bankining O'zbekiston Milliy Innovasiya Tizimini Modernizasiya qilish loyihasi rahbari D.Azgarov va Innovasion Rivojlanish vazirligi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Onlayn uchrashuvda Clarivate Analytics kompaniyasining ta'lim dasturlari rahbari V.Bogorov, Germaniya, Boltiqbo'yi davlatlari, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda mijozlarga xizmat ko'rsatish menejeri A.Trifonova,  Innovasion rivojlanish vazirligi Fan va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi yetakchi mutaxassisi J.SHomutalov, Ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.Abduvaliev,  Ilmmetriya sektori mudiri D.Abdumuminovalar ishtirok etishdi.

Bo'lib o'tgan suhbat davomida tomonlar mamlakatdagi ilmiy faoliyat va xalqaro bazalar va ilmiy jurnallarning o'rni haqida gapirib o'tishdi. SHuningdek,  Clarivate Analytics  kompaniyasi vakillari olimlarning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida qulayliklar yaratilganligi haqida ma'lumot berishdi. 

Uchrashuv so'ngida,  Clarivate Analytics  kompaniyasi va Innovasion rivojlanish vazirligi o'rtasidagi kelishuvlar asosida 2023 yildan  O'zbekiston olimlariga Clarivate Analytics  jaxon ilmiy resurslaridan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.